IQOS UZ

TEREA
kolleksiyasi

Yangi TEREA qizitiladigan tamaki
tayoqchalari tanish ta’mlarni yangi
jihatdan his qilish imkonini beradi.

TEREA tamaki tayoqchalari qurilmani
tozalashsiz innovasion tamaki qizitish
texnologiyali maxsus IQOS ILUMA uchun
ishlab chiqarilgan.

IQOS ILUMA™ va TEREA™ tamaki tayoqchalarini IQOS™ oldingi
turlaridagi qurilmalari bilan foydalanish kerak emas, chunki bu sizdagi
qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

iqos-iluma
IQOS ILUMA™ va TEREA™ tamaki tayoqchalarini IQOS™ oldingi turlaridagi qurilmalari bilan foydalanish kerak emas, chunki bu sizdagi qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Ta’mlar bo’yicha gid

Siz tamakining to’yingan ta’midan yaqqol ifodalangan reza meva va sitrus ta’mlarigacha 6 ta
ta’mli TEREAni xarid qilishingiz mumkin, biroq TEREA qaysi ta’mlari aynan sizga mos?

O’z ideal tamaki ta’mi uchun parametrlarni tanlang.

{{ quizStep }}-bosqich: {{ quizTitle }}

check
{{ question.question }} {{ getInfoSuptitleText }} {{ getAnswerText(key) }}
Klassik tamaki ta’mi
Вкус табака с ароматическими нотами без ментола
Tamakining mentolli xushbo’yohanglar bilan ta’mi
pack.name {{ pack.name }}
новый
вкус
pack.name {{ pack.name }}
новый
вкус
pack.name {{ pack.name }}
новый
вкус
pack.name {{ pack.name }}
YANGI
TA’M
pack.name {{ pack.name }}
YANGI
TA’M
Klassik tamaki ta’mi
YANGI TA’M
{{item.name}}
YANGI TA’M
{{item.name}}
Вкус табака с ароматическими нотами без ментола
YANGI TA’M
{{item.name}}
Tamakining mentolli xushbo’yohanglar bilan ta’mi
YANGI TA’M
{{item.name}}
YANGI TA’M
{{item.name}}

Bepul
Test-Drayvni
buyurtma qilish

Siz Test-Drayvni buyurtma
qilish, IQOS shaxsiy konsultanti bilan
uchrashish maqsadida
yoki savollar yuzaga kelgan holatda
namunani to’ldirishingiz mumkin.

IQOS ILUMA
yangi
texnologiyasi

SMARTCORE INDUCTION SYSTEM™ induksion texnologiyasi —
yanada tushunarli, toza va ushlagichda
tig’siz induksion texnologiyali tamaki
qizitish intuitiv jarayoni.

Yonishsiz, kulsiz va tutunsiz haqiqiy
tamaki ta’mi.

Har doim aloqada!

Endi IQOS bilan aloqada bo’lish yanada
osonroq! Siz Telegramda IQOSdan yutuqli
o’yinlar va yangiliklar to’g’risida birinchi
bo’lib bilishingiz mumkin.

IQOS Uzbekistan

Ushbu sahifadagi materiallarga kirish uchun siz 21 yoshdan kichik bo'lmasligingiz kerak.

iqos Iltimos, 21 yoshdan katta ekanligingizni yoki tamaki yoki nikotinni o'z ichiga olgan mahsulot iste'molchisiligingizni tasdiqlash uchun tug'ilgan kuningiz sanasini
Oy
Yil
Tasdiqlash

Ommaviy oferta

«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi
Qo‘shma korxona direktorining 2024 yil 15 mart dagi 88-sonli
Buyrug’iga Ilova

Ommaviy oferta
(barcha shartlarni o‘z ichiga oladigan chakana savdo-sotiq shartnomasini tuzish haqidagi takliflar)

«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Qo‘shma korxona (keying o‘rinlarda «TTD»), tamaki iste’molchisi bo‘lgan 21 yoshga yetgan va Mahsulotni sotib olishga qiziqishi bo‘lgan aqli raso jismoniy shaxsga to‘liq TTD belgilagan shartlarda, o‘zgartirishlarsiz quyudagi ommaviy shartnomani tuzishni taklif etadi:

OMMAVIY SHARTNOMA

Ushbu Shartnoma (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq) Sotuvchining Ommaviy ofertasini, shuningdek, «TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK ichki savdo ob’ektlarida Mahsulotlarning chakana savdosini tashkil etish uchun barcha muhim shart-sharoitlarni o‘z ichiga oladi.

Muqaddima

Ushbu ommaviy chakana savdo-sotiq shartnomasi (keyingi o‘rinlarda – «Shartnoma») yuqorida ko‘rsatilgan ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi va:

(1) bir tomondan keyingi o‘rinlarda «Sotuvchi» deb ataladigan, ustav asosida harakat qiladigan Direktor Sobirov A. nimsolida TTD, va

(2) Xaridor: 21 yoshga yetgan, tamaki iste’molchisi bo‘lgan va ushbu Shartnoma bilan shunday shartlar bilan belgilangan TTD shartlarida shartnoma tuzish haqidagi taklifni (ommaviy ofertani) tasdiqlagan aqli raso jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy va asosiy shartlarni o‘rnatadi.

Tomonlar ushbu Shartnoma Xaridor va Sotuvchi o‘rtasidagi Mahsulotlarni chakana savdosi bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning umumiy va asosiy shartlarini tartibga solishini tan oladilar. Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlariga, uni sotib olish usuliga qarab, Sotuvchining alohida buyruqlarida, narxlar ro‘yxatida yoki boshqa hujjatlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha aniqlashtiruvchi shartlar mavjud bo‘lib, Xaridor qo‘shimcha ravishda ular bilan ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar zaxiralariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.

1. Ta’riflar

1.1. Xaridor – aqli raso jismoniy shaxs:

(1) 21 yoshga yetgan va undan katta;

(2) ichki savdo ob’ektlarida Mahsulotni sotib olishni amalga oshirgan.

1.2. Sotuvchi – O‘zbekiston Respublikasi 100115, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi 2-uy manzilgohida ro‘yxatga olingan va joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda - «O‘zR») hududiga Mahsulotlarni import qiluvchisi va Sotuvchisi, shuningdek O‘zR hududida iste’molchilarning da’volarini qabul qilishga vakolatli tashkilot bo‘lgan «TASHKENT TABACCO DISTRIBUTION» mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi.

1.3. Mahsulot - IQOS elektr tamaki qizdirish tizimi, lil SOLID elektr tamaki qizdirish tizimi, qizdirilgan tamaki Mahsuloti, xususan, HEETS va FIIT markali qizdiradigan tamaki tayoqchalari (stiklari), shuningdek, texnik reglamentlar va standartizatsiya bo‘yicha normativ hujjatlar, Sotuvchining narxlari ro‘yxati bo‘yicha, Mahsulotning namunalarini namoyishga qo’yish yoki Sotuvchining ichi savdo ob’ektlarida mavjud bo‘lgan sotiladigan Mahsulotlar haqida ma’lumotlar berish yo‘li bilan muayyan narxda sotish bo‘yicha Xaridorga talablariga javob beradigan boshqa har qanday Mahsulotlar. Sotuvchi tomonidan Xaridorga Sotuvchining narxlari ro‘yxatiga muvofiq, Mahsulotlarni ko‘rsatish, ularning namunalarini ko‘rsatish yoki Sotuvchining ichki savdosida sotiladigan Mahsulotlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish orqali Xaridorga ma’lum narxda sotish uchun taklif qilingan Mahsulotlar Ro‘yxati u tomonidan bir tomonlama tartibda belgilanadi.

1.4. Tomonlar - ushbu Shartnoma matnida birgalikda ko‘rsatilganda, Xaridor va Sotuvchi.

1.5. Qo‘llab-quvvatlash xizmati - Sotuvchining Xaridorlarga Mahsulotlarga oid ma’lumotlarni telefon raqami orqali taqdim etish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘limi: mobil telefondan foydalangan holda terish uchun 1137 qisqa raqami. Qo‘ng’iroq qiluvchi uchun qo‘ng’iroq bepul.

1.6. Aksept/tasdiq - Xaridorning ushbu Ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilishiga va ushbu Shartnomada belgilangan tartibda Mahsulot uchun haq to‘lash orqali Shartnomaga qo‘shilishiga bo‘lgan javobi.

1.7. Sotuvchining ichki savdo ob’ekti Mahsulotning chakana savdosi amalga oshiriladigan savdo nuqtasi

1.8. Internet-resurs – Internet tarmog’idagi https://uz.iqos.com manzilida mavjud internet-resurs

2. Shartnoma predmeti

2.1. Agar ushbu Shartnoma uning shartlarida belgilangan tartibda tuzilgan bo‘lsa, Sotuvchi Mahsulotni tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo‘lmagan foydalanish maqsadlarida Xaridorga mulkchilikka topshirish majburiyatini oladi, Xaridor esa, Mahsulot narxini to‘laydi va Shartnomani tuzish paytida Sotuvchining narxlari ro‘yxati va ushbu Shartnomaning boshqa shartlari, shu jumladan Sotuvchining buyrug’i bilan belgilangan boshqa shartlarda qabul qiladi. Sotuvchining narxlar ro‘yxatida Sotuvchining ichki savdo joylarida e’lon qilinadi va Xaridor tanishishi mumkin.

2.2. Mahsulot shu jumladan IQOS tutunsiz Mahsulot bo’lgani sababli, Sotuvchi quyidagilarga amal qiladi:

i) IQOS tizimi tamaki Mahsulotlarini iste’mol qilishni davom ettirmoqchi bo‘lgan 21 va undan katta yoshdagi chekuvchilar uchun mo‘ljallangan;

ii) Sotuvchi hech qachon chekmagan yoki chekishni tashlamaganlarga IQOSni taklif qilmaydi;

iii) Sotuvchining maqsadi - har qanday holatda chekishni davom ettiradigan 21 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan har bir chekuvchini IQOS kabi chekmaydigan Mahsulotlarga o‘tkazishdir. Sotuvchi yigirma va undan katta yoshdagi chekuvchilarni IQOSga o‘tish davrida o‘qitish, maslahat berish va shaxsiy taqdimotlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Shaxsiy taqdimotlar Sotuvchining ichki chakana savdo Ob’ektlari hududlarida Sotuvchining bunday ichki chakana savdo ob’ektlari uchun belgilangan ish jadvali doirasida o‘tkazilishi mumkin;

iv) IQOS dan foydalanish chekishni tashlashning o‘rnini bosa olmaydi. Chekish o‘z sog’lig’iga xavf tug’dirishidan xavotirda bo‘lgan iste’molchilar/Xaridorlar tamaki iste’mol qilishni butunlay to‘xtatishlari yoki chekishni tashlashlari kerak;

v) IQOS ning barcha afzalliklarini to‘liq his qilish uchun 21 yoshga to‘lgan va undan kattaroq chekuvchi chekishni to‘xtatishi va faqat IQOS dan foydalanishi kerak;

vi) IQOS-dan foydalanish sog’liq uchun xavflarni bartaraf etmaydi yoki sigaretaga zararsiz muqobili emas, lekin sigaret chekishdan ko‘ra yaxshiroq tanlovdir.

2.3. Xaridorga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, shu jumladan Mahsulot sotilgandan keyingi davrda Sotuvchi Xaridorlarga (21 yoshga yetgan va undan katta bo‘lgan chekuvchilarga) Xaridorning xohishiga ko‘ra Mahsulotlar bo‘yicha va/yoki qo‘llab-quvvatlash Xizmati orqali ma’lumot yoki maslahatlar beradi.

2.4. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Xaridor quyidagilarni tasdiqlaydi:

2.4.1. Ushbu Shartnoma bilan, xususan, ushbu Shartnomaning 2.2-bandda keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishganligi, shuningdek, Mahsulotni sotib olishdan oldin, u ushbu Shartnomada nazarda tutilgan bir yoki bir nechta usulda Sotuvchidan maslahat olish bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanishi mumkin bolganligini;

2.4.2. Mahsulotning barcha xususiyatlari, Mahsulotdan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganligi va bunday tanishish uchun vaqtda yoki shartlar bilan cheklanmaganligini;

2.4.3. Mahsulotlarga nisbatan ham, ushbu Shartnoma shartlariga nisbatan ham tushuntirishlar va (yoki) maslahatlar va (yoki) boshqa ma’lumotlarni olish uchun ichki savdo ob’ektlari, qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki Internet-resurs bilan bog’lanish imkoniyati mavjud bo‘lganligini;

2.4.4. 21 yoshga to‘lgan va qonuniy va ishonchli ma’lumotlardan (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan) foydalangan holda, shaxsan, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ushbu Shartnomada nazarda tutilgan harakatlarni bajarish majburiyatini qabul qilishi va anglashini;

2.4.5. Mahsulot uchun bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda (ushbu Shartnoma tuzilgan taqdirda) - bunday to‘lov faqat Xaridorga tegishli bank kartasi orqali amalga oshirilishi shartiga rozi ekanligini;

2.4.6. Ushbu Shartnoma matnini to‘liq o‘qib chiqqani, uning mazmunini tushungani va shuning uchun mustaqil ravishda Sotuvchi tomonidan belgilangan shartlarda ushbu Shartnomani tuzishga qaror qilganligini.

3. Shartnomani tuzish va uning shartlarini o‘zgartirish tartibi

3.1. Ushbu Shartnoma O‘R Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga muvofiq ochiq shartnoma hisoblanadi, va quyidagilarni bildiradi:

3.1.1. Mahsulotning narxi va Shartnomaning boshqa shartlari Sotuvchi tomonidan Shartnomani tuzishda barcha Xaridorlar uchun bir xilda, Shartnoma tuzishga nisbatan bir Xaridorga boshqasi oldida ustunlik bermasdan belgilanadi;

3.1.2. Shartnomaning ushbu bo‘limida tavsiflangan harakatlarni amalga oshirgan holda, Xaridor shu bilan ushbu Shartnomani uning shartlarini, istisnolarini, e’tirozlarini o‘zgartirmasdan tuzadi.

3.2. Sotuvchi Tomonlar Shartnoma tuzilgunga qadar ularni yangi shakldagi Ommaviy Oferta va Shartnomani Xaridorning ishki savdo ob’ektlarida va/yoki Internet-resursda joylashtirish orqali Xaridorning Ommaviy oferta va uning ajralmas qismi bo‘lgan Shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli. Xaridor, o‘z navbatida, agar ushbu o‘zgartirishlar Xaridorga mos kelmasa, Shartnomani tuzishni rad etishga haqli. Tomonlar Shartnoma tuzilganidan keyin O‘R-ning amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda unga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yiladi.

3.3. Shartnomani tuzishdan oldin, Xaridor Sotuvchi xodimining iltimosiga binoan, Xaridorning haqiqiy yoshini aniqlash uchun unga shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatishi shart. Agar bu talab bajarilmaganda, Sotuvchining xodimi Mahsulotni Xaridorga sotishni rad etadi.

3.4. Xaridor Akseptni amalga oshirgunga qadar, Mahsulotning ayrim turlari, ya’ni, aynan IQOS ORIGINALS DUO elektron tamaki qizitish tizimi va (yoki) lil SOLID 2.0, lil SOLID Ez elektron tamaki qiztish tizimi (keying orinlarda ushbu bandning maqsadlariga ko‘ra – “Qurilmalar” yoki alohida tarzda “Qurtilma”) haqidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi doirasida shuningdek, o‘z tanloviga ko‘ra Qurilmani sotib olish yoki sotib olishdan bosh tortish imkoniyati, Xaridorga, Qurilma haqidagi ma’lumotga qoshimcha ravishda ushbu Shartnomaning 4.2. bandida nazarda tutilgan usullarda ma’lumotlarni uning e’tiboriga etkazilgan ma’lumotlarni unga taqdim etish maqsadida Qurilmaning namunasi 14 kalendar kun muddatga (keying orinlarda – Sinov-drayv) taqdim etilishi mumkin. Elektron tamaki qizdirish tizimini sinov-drayv o‘tkazish shartlari ushbu Shartnomaning 4-ilovasi hisoblanadi.

3.5. Shartnoma Xaridor tomonidan tasdiq amalga oshirilgan vaqtdan boshlab unga Xaridorning qo‘shilishi yoli bilan tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.

4. Umumiy qoidalar

4.1. Sotuvchi shu bilan Xaridorni Sotuvchi tomonidan sotuvga taklif etilayotgan Mahsulot texnik reglamentlar va standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligiga ishontiradi.

4.2. Tomonlar Sotuvchining ichki savdo ob’ektlariga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha axborot materiallari faqat ma’lumot uchun ekanligini va Mahsulotning xususiyatlari va tashqi sifatlari, jumladan rangi, o‘lchami va shakli haqidagi ma’lumotlarni to‘liq etkazib bera olmasligini e’tirof etadilar. Mahsulot to‘g’risidagi eng to‘liq va dolzarb ma’lumotlar to‘g’ridan-to‘g’ri Xaridorni qiziqtirgan Mahsulotning markalash va/yoki texnik hujjatlarida mavjud. Agar Xaridorda Mahsulotning xususiyatlari va xarakteristikalariga oid savollar bo‘lsa, Mahsulotni sotib olishdan oldin, Xaridor Mahsulot haqida o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni olish, shu jumladan shaxsiy taqdimot uchun Sotuvchining savdo yordamchilari yoki qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog’lanish huquqiga ega.

4.3. Ushbu Shartnoma shartlarini tasdig’ni amalga oshirganini, Xaridor Mahsulot, uni to‘lash tartibi va shartlari to‘g’risida uni qiziqtirgan barcha ma’lumotlar o‘zi tomonidan olinganligini, qo‘shimcha savollar yo‘qligini, ushbu Shartnoma shartlari tushunarli ekanligini va unga qo‘shilish orqali qabul qilganini tasdiqlaydi.

4.4. Sotuvchi sotuvga faqat ma’lum bir Sotuvchining ichki savdo ob’ekti omborida sotilish vaqtida mavjud bo‘lgan sifatli Mahsulotlarni taklif qiladi. Mahsulotning peshtaxtalarda taqdim etilgan va tegishli tartibda markirovka qilingan ko‘rgazmaviy mamunalari sotilmaydi. Shunday qilib, Sotuvchisining ichki savdo ob’ektida bo‘lgan paytda, Xaridor muayyan xususiyatlarga ega bo‘lgan Mahsulot yoki muayyan rusumdagi Mahsulot sotuvda mavjud bo‘lmaganligiga rozi bo‘ladi va bu qonun yoki ushbu Shartnomaga muvofiq Xaridorning huquqi buzilishi hisoblanmaydi.

4.5. Ushbu Shartnomaning oldingi 4.4-bandi qoidalarini hisobga olgan holda, Tomonlar Sotuvchining narxlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan muayyan turdagi Mahsulotning Sotuvchi omborida qisqa muddatda yo‘qligi ehtimolini tan oladilar. Bunday holda, Sotuvchi imkon qadar tezroq zaxiradagi bunday Mahsulot mavjudligini tiklash uchun zarur bo‘lgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishi yoki Mahsulot assortimentini tiklashning iloji bo‘lmasa, Sotuvchining narxlari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi kerak.

4.6. Mahsulotga egalik huquqi va u bilan bog’liq tavakkalchiliklar Mahsulot uchun to‘lov amalga oshirilishi va uni Xaridorga topshirish vaqtida Sotuvchidan Xaridorga o‘tadi.

4.7. Mahsulot uchun, shartlari Mahsulot turiga qarab Mahsulotga ilova qilingan maxsus hujjatda belgilanishi mumkin bo‘lgan kafolat beriladi. Kafolatning muddati va shartlari bunday maxsus hujjatda, u yo‘q bo‘lganda esa - Shartnoma shartlariga muvofiq belgilanadi. Kafolat muddati davomida Mahsulotning kamchiliklari aniqlangan holatda, agar Sotuvchi tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, Xaridor Sotuvchining ichki savdo Ob’ektiga (sotib olish joyiga) e’tiroz bilan murojaat qiladi, Xaridor bu haqda qo‘llab-quvvatlash Xizmatiga murojaat qilgan holda bilib olishi mumkin.

4.8. Mahsulotning turiga qarab, Sotuvchining ichki savdo ob’ektida sotilishidan oldin, Mahsulotning ishlashga yaroqliligi tekshirilishi mumkin. Buning uchun Mahsulotni o‘rash va tekshirish, Mahsulot turiga qarab uning to‘liqligi, sifatini tekshirish amalga oshiriladi. Agar tegishli Mahsulotning turiga tegishli bo‘lsa barcha anjomlarining ishga yaroqliligi tekshiriladi, zarurat bo‘lganda, Mahsulotdan qanday foydalanish namoyish etiladi.

5. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

5.1. Sotuvchi majburiyatlari:

5.1.1. Kerakli sifatli Mahsulotni Shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va shartlarga muvofiq Xaridorga topshirish.

5.1.2. Mahsulot turiga qarab uni belgilangan tartibda saqlash va transportda tashish shartlarida yaxlitligi ta’minlaydigan tarzda qadoqlangan Mahsulotni Xaridorga berish.

5.1.3. Mahsulot bilan bir vaqtda, Mahsulot turiga qarab, Xaridorga Mahsulotning anjomlari, shuningdek tegishli hujjatlarni topshirish.

5.1.4. Xaridorga Mahsulot haqida kerakli va ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish. Agar Xaridorda Mahsulotning xususiyatlari va xarakteristikasiga oid savollar paydo bo‘lganida, Shartnomani tuzishdan oldin Xaridor ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan usullardan biri bilan Sotuvchidan maslahat so‘rab murojaat qilishi kerak.

5.1.5. Xaridorga O‘R qonunchiligi talablari, Xaridor belgilagan tartibda, shuningdek, tegishli oferta shartlariga muvofiq (agar qullab bo‘lsa), Mahsulotni ko‘zdan kechirish, uning ishlash tamoyillari bilan tanishish, o‘xshash namunadagi Mahsulotlarning xossalari va qulayligini tekshirish imkoniyatini berish.

5.1.6. Ushbu Shartnoma shartlari, O‘R amaldagi qonunchiligiga muvofiq Xaridorning da’volarini, arizalarini ko‘rib chiqish hamda Xaridorning qonuniy va asosli talablarini qondirish choralarini ko‘rish.

5.2. Xaridor huquqlari:

5.2.1. Mashsulot qutisi bo‘lmaganda yoki uning ko‘rinishi yo‘qolganda, Mahsulotda tashqi shikastlanish aniqlanganda, muayyan turdagi Mahsulotda va Mahsulotga qo‘shib sotilgan yoki kafolat hujjatlarida ko‘rsatilgan ro‘yxatga olish raqamiga muvofiq bo‘lmaganida, Xaridorda Mahsulotni sotib olganliginining isboti (mahasulot yoki kassa cheki) bo‘lmaganda, Mahsulot foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa va foydalanganlikning izlari mavjud bo‘lsa Xaridorning Mahsulotni qaytarish, almashtrib berish talablarini (e’tirozlarini) rad etish.

5.2.2. Agar Xaridor Shartnomani buzgan holda Mahsulotni qabul qilish va/yoki to‘lashdan bosh tortsa, Mahsulot uchun to‘lovni talab qilish yoki Shartnomani bajarishni rad etish.

5.2.3. Tasdiq paytiga qadar Mahsulotga bo‘lgan narxni bir tomonlama bekor qilish.

5.3 Xaridor majburiyatlari:

5.3.1. Mahsulot narxini ro‘yxatida ko‘rsatilgan narxlarga muvofiq to‘lash.

5.3.2. Sotib olayotganda, kerakli Mahsulotning aniq nomini, kerakli Mahsulotnianiq aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni (model, rang, versiya va boshqalar) ma’lum qilish.

5.3.3. Savdoni amalga oshirayotganda, o‘zi haqida to‘g’ri va etarli ma’lumot berish.

5.4. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:

5.4.1. Ushbu Shartnomada belgilangan tartibda Mahsulot haqida ma’lumot olish.

5.4.2. Xavfsizlik talablariga javob beradigan Mahsulotni olish.

5.4.3. Belgilangan sifatdagi Mahsulotni sotib olish.

5.4.4. Sifatli va sifatsiz Mahsulotni almashtirish yoki qaytarish. Sifatli Mahsulotni almashtirish yoki qaytarish Shartnoma shartlari va O‘R amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

5.4.5. Sotuvchidan O‘R qonunchiligiga muvofiq Mahsulot sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatni olish.

5.4.6. Sotuvchi va/yoki O‘R amaldagi qonunchiligida bunday tekshirish nazarda tutilgan Mahsulotlarning turlariga nisbatan Mahsulotni sotib olishdan oldin Sotuvchining ichki savdo ob’ektlarida ishga yaroqliligini tekshirish.

5.4.7. Sotuvchi tomonidan belgilangan qo‘shimcha imtiyozlarni olish uchun Internet-resursda ro‘yxatdan o‘tish.

6. Narx va to‘lov tartibi

6.1. Mahsulotning narxi so‘mda narx ro‘yxatida, shuningdek to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan. Mahsulotning narxi qo‘shilgan qiymat solig’i bilan ko‘rsatilgan.

6.2. Sotilmagan Mahsulotning narxi Sotuvchi tomonidan bir tomonlama tartibda Sotuvchining narx ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish orqali o‘zgartirilishi mumkin.

6.3. Mahsulot uchun to‘lov quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: - naqd pulda;
- Xaridorga tegishli bank to‘lov kartasi yordamida.

6.4. Sotuvchi Sotuvchining buyrug’i bilan belgilangan maxsus takliflarni qo‘llash huquqiga ega, ular haqida ma’lumot Sotuvchining ichki savdo ob’ektida Xaridorga taqdim etiladi. Bunda, Mahsulotga nisbatan maxsus takliflarni qo‘llashning asosiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:

(a) Xaridor tomonidan mustaqil ravishda yoki Sotuvchining vakillari yordamida amalga oshiriladigan Internet-resursda (21 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lan IQOS tizimi foydalanuvchilari ma’lumotlar bazasida) Xaridorni ro‘yxatdan o‘tkazish;

(b) Internet-resursda Xaridor hisobining mavjudligi, shuningdek

(c) Xaridorga Mahsulot haqida shaxsiy taqdimot (shu jumladan namunaning to'liq namoyishi) o'tkazish

(d) Uglerod oksidi darajasini o'lchash moslamasi yordamida Xaridor organizmidagi uglerod oksidi darajasini tekshirish darajasini o'lchash bo'yicha tadqiqotda ishtirok etish.

7. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Sotuvchi Xaridor yoki Xaridor u yoki bu sabablarga ko‘ra Mahsulotni topshirgan uchinchi shaxs tomonidan Mahsulotdan noto‘g’ri foydalanish natijasida Xaridorga va/yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Tomonlar Sotuvchining ushbu Shartnoma bo‘yicha javobgarligi haqiqiy zarar bilan chegaralanishi va O‘R amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda isbotlanishi lozimligiga kelishib oldilar.

7.2. Tomonlar o‘zaro majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik yoki zarar yetkazish natijasida yo‘qotilgan daromadlar uchun bir-birlari oldidagi javobgarlikdan ozod qilinadilar.

7.3. Agar Mahsulot uchun to‘lov Xaridorga tegishli bo‘lmagan bank to‘lov kartasidan foydalangan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, Sotuvchi na Xaridor, na uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘lmaydi.

7.4. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun O‘R “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g’risida”, Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

7.5. Ushbu shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlarning irodasiga bog’liq bo‘lmagan holda vujudga kelgan urush yoki harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong’in va boshqa tabiiy ofatlar, davlat hokimiyatining hujjatlari va haralatlari, bojxona qoidalarining o‘zgarishi, faoliyat, import va (yoki) eksportdagi chegaralashlar o‘xshagan kechib o‘tib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlari uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. O‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan Tomon bu haqda boshqa Tomonni darhol xabardor etadi va bunga vakolatli bo‘lgan organ yoki tashkilot tomonidan berilgan bunday holatlar borligini tasdiqlaydigan hijjatlarni taqdim etadi.

8. Kafolat hodisasi yuz berganda Mahsulotlarni almashtirish

8.1. Agar foydalanish davrida tayyorlovchi aybi bilan Mahsulot sotilgan vaqtdan bir yillik davr (kafolat muddati)da nuqsondorligi ma’lum bo‘lib qolgan Mahsulot Xaridorga sotilgan bo‘lsa, agar Mahsulotga bo‘lgan kafolat hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa va bu kamchiliklar kafolar holati hisoblansa, Xaridor kafolat bilan qoplangan bunday Mahsulotlarni boshqasiga almashtirib berilishi/ta’mirlab berilishi huquqiga ega.

8.2. Mahsulotlarning ayrim turlari uchun kafolatli va kafolatsiz holatlar ro‘yxati ushbu Shartnomaga 1-ilovada belgilangan.

8.3. Kafolat holati yuzaga kelgan taqdirda, Mahsulotni almashtirish Xaridorning iltimosiga binoan, Tomonlar belgilangan shakldagi dalolatnomani imzolaganidan keyin amalga oshiriladi (ushbu Shartnomaga 2-ilova). Agar Sotuvchida almashtirish uchun zarur bo‘lgan bir xil rusumdagi Mahsulot, buyum bo‘lmasa, Sotuvchi boshqa model, artikuldagi Mahsulotni almashtirishni ta’qdim qilishga haqli.

8.4. Ushbu Shartnomaning 8.1-bandida belgilangan kafolatdan tashqari, Mahsulotning ayrim turlari uchun Sotuvchi buyruq bilan Mahsulotni almashtirishning qo‘shimcha maxsus shartlarni belgilashga haqli.

9. Mahsulotlarni qaytarish va almashtirish

9.1. Agar Mahsulot ishlatilmagan bo‘lsa, uning ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, muhrlari, yorliqlari saqlanib qolsa, va Xaridorda bunday Mahsulot narxini Sotuvchiga to‘lash faktini tasdiqlovchi to‘lov hujjati mavjud bo‘lsa va uni qaytarish, almashtirish to‘g’risida ariza berish sharti bilan Xaridor Sotuvchidan bunday Mahsulot sotib olingan kundan boshlab o‘n kalendar kun ichida Sotuvchiga qaytarish yoki Sotuvchi tomonidan kerakli sifatdagi Mahsulotlarni boshqa rangdagi o‘xshash Mahsulotlarga almashtirish va h.k. mumkin. Agar to‘lov hujjati Xaridor tomonidan yo‘qolgan bo‘lsa, Mahsulotni sotib olish faktini tasdiqlash va uni Sotuvchiga to‘lash Sotuvchining buxgalteriya ma’lumotlariga ko‘ra qurilmaning seriya raqami bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

9.1.1. Tegishli sifatdagi Mahsulotni qaytarib berishda Mahsulotning ko‘rinishi, to‘liqligi, Mahsulotda foydalanish izlari yo‘qligi vizual tarzda, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan Mahsulotda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos hid bo‘yicha tekshiriladi.

9.1.2. Shartnomaning 9.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sifatli Mahsulot quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilganda saqlanib qolingan hisoblanadi:

- Mahsulot yuzasiga shikastlanishlarning yo‘qligi;

- ishga yaroqli bo‘lgan zaryadlovchi, ushlagich, quvvat manbai, USB kabeli mavjudligi;

- zaryadlovchi, ushlagich, kabel, elektr ta’minoti va tozalagichning yuzalarida tirnalgan yoki boshqa shikastlanishlarning yo‘qligi. Qutisida shikastlanishlar yo‘qligi (plastik plyonka qutisidan tashqari);

- ushlagich va zaryadlovchida tamaki zarralari va tamaki hidining yo‘qligi, ushlagich pichog’ining (kesish elementining) yaxlitligi;

- tozalash moslamasida tamaki zarralari va tamaki hidining yo‘qligi, shuningdek, to‘liqligi - ilgakning mavjudligi, cho‘tkalarning yaxlitligi;

- qutining qadoqlanishi qisman buzilgan bo‘lishi mumkin, ya’ni qutining o‘rashidagi plyonka bo‘lmasligi mumkin;

- zaryadlovchidagi yelimli qog’oz, quvvat manbaidagi himoya plyonkasi va USB kabelidagi mahkamlash halqasi mavjud bo‘lishi kerak;

- agar Mahsulotning seriya raqami saqlangan bo‘lsa;

- zaryadlovchi va ushlagich uchun plastik o‘rnatma, foydalanuvchi qo‘llanmasi va uchta tilda kafolat mavjud bo‘lishi kerak.

9.1.3. Tegishli sifatdagi Mahsulotni Xaridorga qaytarish, almashtirish Xaridorning arizasiga binoan, tomonlarning tegishli sifatdagi Mahsulotni qaytarib olish to‘g’risidagi belgilangan shakldagi dalolatnoma (ushbu Shartnomaga 3-ilova) imzolanganlaridan so‘ng, amalga oshiriladi.

9.2. Sifatsiz Mahsulotni qaytarish yoki almashtirish Xaridorning arizasiga ko‘ra, Mahsulotni qaytarish, almashtirish to‘g’risidagi belgilangan shakldagi dalolatnoma (ushbu Shartnomaga 2-ilova) Tomonlar imzolanganidan keyin quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:

9.2.1. Sifasiz Mahsulotga nisbatan Xaridor o‘z xohishiga ko‘ra bunday Mahsulotni almashtirish yoki qaytarish to‘g’risida ariza berishi yoki O‘R qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqli.

9.2.2. Sifatsiz Mahsulotni qaytarish, almashtirish Xaridor tomonidan uning ko‘rinishining saqlanganligiga qarab, biroq Mahsulotning komplektligini saqlash va seriya raqamining saqlanganligi va Sotuvchining ma’lumotlariga mos kelishi sharti bilan amalga oshiriladi.

9.2.3. Agar O‘R qonun hujjatlarida Xaridorning boshqa huquqlari belgilanmagan bo‘lsa, sifatsiz Mahsulotni Xaridor istagiga ko‘ra o‘sha narxda yangisiga yoki Sotuvchida mavjud bo‘lgan boshqa o‘xshashiga almashtirish amalga oshiriladi.

9.2.4. Sifatsiz Mahsulotni almashtirish maqsadlari uchun Xaridor Sotuvchiga sifatsiz Mahsulotni, shuningdek, bunday Mahsulotni to‘lash va sotib olish faktini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.

9.3. Shartnomaning 9.1 va 9.2-bandlari asosida Mahsulot almashtirilgan taqdirda, agar Xaridor tomonidan qo‘shimcha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Xaridor bunday Mahsulotni sotib olgan Sotuvchining ichki savdo ob’ektiga (sotib olish joyiga) almashtirish uchun ariza beradi, bu borada Xaridor qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali bilib olishi mumkin.

9.4. Мahsulot qaytarilganda to‘langan mablag’ni qaytarish Sotuvchining ichki savdo ob’ektida ilgari sotib olingan Mahsulotni qaytarishda to‘langan pul mablag’larini qaytarish, agar Mahsulotni qaytarish sotib olingan kuni yoki Xaridorning Mahsulot tolovi amalga oshirilgan bank kartasiga biriktirilgan bankdagi karta hisobiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, Xaridorning ichki savdo ob’ekti (sotib olingan joy)ga naqd pul mablag’ini berish orqali amalga oshiriladi. Agar Mahsulotni qaytarish sotib olingan kundan keyin amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday qaytarish ariza olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

9.5. Agar Mahsulotni almashtirish yoki qaytarish zarur bo‘lsa, Xaridorning Sotuvchi ichki savdo ob’ektiga tashrif buyurish orqali bunday harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasa, Xaridor almashtirish yoki qaytarish sabablarini aniqlash, Mahsulotning holatini diagnostika qilish va almashtirishni amalga oshirish imkoniyatlarini belgilash, almashtirish yoki qaytarishni yetkazib berish xizmati orqali amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlash Xizmatiga murojaat qilishi kerak. Mahsulotni almashrirish yoki qaytarishning bunday usuli Toshkent shahri uchun qo‘llanilmaydi, shu munosabat bilan Sotuvchining ichki savdo ob’ektlariga (sotib olish joyi) murojaat qilish taklif etiladi.

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Xaridor va Sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarga O‘R qonun hujjatlarining qoidalari qo‘llaniladi. Shartnoma Sotuvchi tomonidan bir tomonlama ravishda Xaridorni xabardor qilmasdan o‘zgartirilishi mumkin. Shartnomaning yangi tahriri tasdiqlangan kundan boshlab va Sotuvchining ichki savdo ob’ektlarida Xaridor ko‘rib chiqishi uchun mavjud bo‘lgan kundan boshlab kuchga kiradi.

«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION»
Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi
Qo‘shma korxona direktorining
2022 yil ____ ___________ dagi ______-sonli
Buyrug’iga 1-Ilova

IQOS elektron tamaki qizdirish tizimi Mahsuloti uchun
kafolatli va kafolatsiz holatlarning
Diagnostika kartasi

1) kafolatsiz holatlar:

Ushlagichning shikastlanishi

С001 Qalpoqcha shikastlangan

С002 Isitish elementi shikastlangan

С004 Ushlagich zaryadining kontaktlari shikastlangan

С020 Ushlagich zaryadlash qurilmasida tiqilib qolayabdi yoki tiqilib qolgan

С021 Ushlagich zaryadlash qurilmasiga teskari (noto‘gri tarafdan) o‘rnatilgan

С022 Ushlagich korpusining orqa/o‘rta qismi shikastlangan

С025 Mexanik ta’sir oqibatida uchlagich bo‘yog’i shishgan

С027 Ushlagichning tugmasi shikastlangan

С028 Qizib ketishi oqibatida ushlagichning shikastlanishi (haroratning tashqi ta’siri)

C004 Ushlagichning Zaryad Kontaktlarining shikastlanishi

Chuntak zaryadlash qurilmasining shikastlanishi

С007 Displey shikastlangan

С010 USB kabeli uchun teshil shikastlangan

С025 Zaryadlash qurilmasining bo‘yog’i shishgan

С026 Zaryadlash qurilmasining qopqog’i shikastlangan

С027 Zaryadlash qurilmasining tugmasi shikastlangan

С028 Qizib ketishi oqibatida zaryadlash qurilmasining shikastlanishi (haroratning tashqi ta’siri)

C005 Qopqoqdagi qulf va prujinaning shikastlanishi

C006 Qopqoqni ochish tugmasining shikastlanishi

Anjomlarining shikastlanishi

С011 Quvvat manbaining shikastlanishi

С012 USB kabelining shikastlanishi

С024 Tozalash moslamasining shikastlanishi

С028 Qizib ketishi oqibatida anjomlarning shikastlanishi (haroratning tashqi ta’siri)

Boshqalar

C999 Xatolar daraxtida ko‘rsatilmagan xato kodi, agar shikastlanish mahsulotning foydalanuvchi qo‘llanmasiga, sotuvchi va/yoki ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq bo‘lmagan ishlashi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa.

2) Kafolat holatlari:

A004 Tamaki tayoqchasi seansining davomiyligi 6 daqiqadan kam (IQOS tizimi uchun)

A006 Ushlagich indikatori yoqilmaydi

A008 Ushlagich va zaryadlovchi indikatori yoqilmaydi

A010 Ushlagich indikatori qizil yonadi

A011 Ushlagich chirog’i to‘q sariq rangda yonadi

A012 Tozalash chirog’i qizil rangda yonadi

A015 Ushlagich chirog’i qizil yonadi

A033 Tozalash va Ushlagich chiroqlari qizil rangda yonadi

A034 Zaryadlovchi qurilma quvvatlanmayapti

A035 Zaryadlovchi qurilma chirog’i 1 soniya davomida yashil rangda yonadi

B000 Stick foydalanish paytida yoki oxirida yonib ketdi

B004 Tamaki tayoqchasidan foydalanish seansining davomiyligi 6 daqiqadan kam

B006 Zaryadlovchi qurilmadagi ushlagichning zaryadlash indikatori yonmaydi

B008 Ushlagich va zaryadlovchi qurilma chiroqlari yoqilmaydi

B010 Ushlagich chirog’i yoniq/qizil miltillaydi

B011 Zaryadlash qurilmasidagi Ushlagichning zaryadlovchi chirog’i to‘q sariq rangda yonadi/miltillaydi

B012 Ushlagichni tozalash chirog’i doimo qizil rangda yonadi

B015 Ushlagichning indikator chirog’i qizil rangda yonadi

B018 Ushlagichning indikator chirog’i to‘q sariq, keyin qizil rangda yonadi

B019 Ushlagichning indikator chirog’i to‘q sariq rangda, lekin normal ishlaydi

B023 Alyuminiy elementi to‘g’ri anodlanmagan

B028 Qopqoq tanadan chiqib turadi

B029 Qopqoqni yopish mexanizmi tanadan tashqariga chiqadi

B031 Zaryadlash moslamasidagi ushlagichning zaryadlovchi chirog’i to‘q sariq rangda yonadi/miltillaydi

B032 Zaryadlovchi ushlagichni 20 martadan kamroq zaryadlaydi

B033 Ushlagichni tozalash va zaryadlash chiroqlari qizil rangda yonadi

B034 Zaryadlovchi qurilma zaryadlanmayapti

B035 Zaryadlovchining LEDlari 1 soniya davomida yashil rangda miltillaydi

B999 Qaysi element shikastlanganligini aniqlab bo‘lmadi: Ushlagich yoki Zaryadlovchi qurilma

Lil Solid electron tamaki qizdirish tizimi
mahsulotiga kafolatli va kafolatsiz holatlarning
Diagnostika kartasi

1) Kafolatli bo‘lmagan holatlarga:

С028 Foydalanish vaqtida qurilma juda qizib ketadi

С101 Jismoniy shikastlanish

А101 Bug’ miqdori yetarli emas

А101 Kosmetik shikastlanish

1) kafolatli holatlar:

B102 Chirog’li indikator qizil yonadi

B103 Qurilma yoqilmayapdi

B104 Qurilma zaryadlanmayapdi

B019 Ushlagichning indikator chirog’i to‘q sariq rangda yonadi, lekin normal ishlaydi

B004 Tamaki stikining foydalanish seansining davomiyligi 5 daqiqadan kam

B101 Qurilma yoqiladi, lekin boshqa muammolar yuzaga keladi

«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION»
Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi
Qo‘shma korxona direktorining
2022 yil ____ ___________ dagi ______-sonli
Buyrug’iga 2-Ilova

Mahsulotni almashtirish dalolatnomasi

___________ sh. «__» __________ 20__ y.

Ushbu dalolatnoma:

bir tomondan keying o‘rinlarda “Xaridor” deb ataladigan ___________________________________________

____________________________________(F.I.Sh) va

boshqa tomondan keying orinlarda “Sotuvchi” deb ataladigan «TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK o’rtasida shu haqda tuzildiki,

1. Xartidor Sotuvchiga qaytardi, Sotuvchi esa Xaridordan quyidagi mahsulotni qabul qilib oldi: Mahsulotning nomi, artikuli Mahsulotning identifikatsion raqami Mahsulotning original qadog’ining identifikatsion raqami

Mahsulotni sotib olingan joy:_______________________________________

Mahsulotni sotib olingan sana: «__» ______________ 20__ yil.

2. Sotuvchi qabul qilib olgan mahsulot o‘rniga Xaridorga taqdim etdi, xaridor esa Sotuvchidan quyidagi mahsulotni qabul qilib oldi: Mahsulotning nomi, artikuli Mahsulotning identifikatsion raqami Mahsulotning original qadog’ining identifikatsion raqami

Mahsulotni berilgan joyi:________________________________________

Mahsulotni berilgan sanasi: «__» ______________ 20__ yil.

Mahsulotni almashtirish asosi

Mahsulotni almashtirish sababi yozilsin

Tegishli sifatdagi mahsulotni almashtirish 14 kalendar juni ichida

Kafolat holati yetib kelganida almashtirish

Buyruq bo‘yicha qo‘shimcha maxsus shart bo‘yicha almashtirish

Boshqa

Xaridor:

_______ _________________
Imzo Imzoning sharhi

«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK
Sotuvchi:
_______ _________________
Imzo Imzoning sharhi
Kassir:
_______ _________________
Imzo Imzoning sharhi



Ichki savdo ob’ektlarida
chakana savdo-sotiq Shartnomasiga
3-solli ilova
«TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK
Mahsulotni qaytarish dalolatnomasi

Toshkent sh. «__» __________ 20__ y.

Ushbu dalolatnoma:

bir tomondan keyingi o‘rinlarda “Xaridor” deb ataladigan __________________________________________

_______________________________________________(FISH)
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat/pasport № _______________, berilgan sana va bergan organ______________
_________________________________________, Ro‘yxat olingan manzili __________________________
______________________________________________________________________________________ va
keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb ataladigan «TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK o‘rtasida shu haqda tuzildiki, Xaridor topshirdi, Sotuvchi esa Xaridordan quyidagi mahsulotni qabul qilib oldi: Mahsulotning nomi, artikuli Mahsulotning identifikatsion raqami Mahsulotning original qadog’ining identifikatsion raqami

Mahsulotni sotib olingan joy:__________________________________________________
Mahsulotni sotib olingan sana: «__» ______________ 20__ yil
Xaridor: «TASHKENT TOBACCO DISTRIBUTION» MChJ QK
F.I.Sh. _____________________________ F.I.Sh._________________________________ Imzo: ______________________________ Imzo: _________________________________

Ichki savdo ob’ektlarida
chakana savdo-sotiq Shartnomasiga
4-solli ilova

Elektron tamaki qizdirish tizimini sinov-drayv o‘tlazish qoidalari («Qoidalar»)

Ushbu Qoidalar IQOS va (yoki) lil Solid 2.0 elektr tamaki isitish tizimining namunasini sinov-drayvdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning umumiy va asosiy shartlarini tartibga soladi.

1. TA’RIFLAR

1.1. Namuna - Sotuvchining ixtiyoriga ko‘ra tanlab olinadigan, Sotuvchiga tegishli bo‘lgan va ushbu Qoidalarga muvofiq Xaridorga qaytarib beriladigan to‘g’ridan-to‘g’ri sinov-drayv o‘tkazish maqsadlari uchun taqdim etilgan ilgari foydalanishda bo‘lgan va belgilangan tartibda sanitariya ishlov berishidan o‘tgan ma’lum bir modeldagi IQOS yoki lil Solid 2.0 elektr tamaki qizdirish tizimidir.

1.2. Sinov-drayv – IQOS va (yoki) lil SOLID 2.0 elektron tamaki qizdirish tizimi mahsuloti haqida xaridor ma’lumot berishning bildiradigan oson qabul qilishiga, ishlash tamoillari bilan batafsilroq tanishtirish, qulayligini tekshirish, to‘g’ri foydalanish haqida ma’lumot berish, IQOS va lil Solid 2.0 elektron tamaki qizdirish tizimi va ularning xususiyatlari, shuningdek IQOS va (yoki) lil Solid elektron tamaki qizdirish tizimining ushbu Qoidalarga muvofiq Sotuvchi tomonidan Xaridorga qaytarib berish sharti bilan Namumani taqdim etish yo‘li bilan iste’molchilik sifatlari, Xaridorning ehtiyoklariga muvofiqligining holati haqida Xaridorda shaxsiy fikrni shakllantirish imkoniyatini ta’minlash uchun xizmat qiladigan shartli tushuncha.

1.3. Kouchlar - sotuvchilar, IQOS elektr tamaki isitish tizimini va (yoki) lil Solid 2.0 ni tatbiq etish xavfi kam bo‘lgan mahsulotlarni sotish bo‘limining shaxsiy maslahatchilari.

2. SINOV-DRAYV O‘TKAZISH TARTIBI

2.1. Sotuvchi ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq Namunani sinov-drayvdan o‘tkazish uchun 21 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi Xaridorga quyidagi ushbu Qoidalar shartlarga muvofiq topshiradi.

2.2. Sotuvchi sinov-drayv o‘tkazish paytida Xaridorga IQOS elektr tamaki qizdirish tizimiga oid, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali Test-drayvni o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘shimcha ma’lumot yoki maslahatlar beradi.

2.3. Namuna Xaridorga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda namunani Xaridor tomonidan Sotuvchiga qaytarish sharti bilan ichki savdo ob’ektlarida chakana oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan sinov-drayv muddati uchun topshiriladi.

2.4. Namunaga egalik huquqi Sotuvchiga tegishli bo‘lib, Xaridorga o‘tmaydi. Xaridor Namunaning saqlanishi va sozligi uchun sinov-drayv davomiyligi uchun javobgardir va uni odatdagi eskirish va eskirishni hisobga olgan holda Xaridorga berilgan shaklda qaytaradi. Namunaning ushbu Qoidalardagi saqlanishi va foydalanishga yaroqliligi quyidagilarni anglatadi:

(1) Qurilmani Sotuvchiga qaytarish vaqtida qurilmadan maqsadli foydalanish imkoniyati;

(2) Qurilmani sotuvchiga qaytarish vaqtida qurilmaning barcha tashqi elementlarining yaxlitligi (mexanik shikastlanishlarning yoqligi);

(3) Xaridor namunani topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq olgandagidek uni to‘plamda to‘liq holda qaytarish.

2.5. Namunani sinovdan o‘tkazish doirasida berish, agar Xaridorga namuna berish texnik jihatdan imkoni bo‘lsa va Sotuvchida namunalar mavjud bo‘lsa, ichki savdo ob’ektlari orqali sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Sotuvchi ma’lum bir vaqtda Namuna berish imkoniyatini kafolatlamaydi. Bunday chiqarish imkoniyati faqat har qanday vaqtda ichki savdo Ob’ektlarida Namunalar mavjudligiga bog’liq. Bitta xaridorga Test-drayv maqsadi uchun bitta namuna beriladi.

2.6. Qurilmaning test-drayvida ishtirok etish uchun Xaridor Qoidalar shartlariga muvofiq jami quyidagi harakatlarni bajarishi kerak:

2.6.1. Xaridorni sotuvchining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish, chunki u Xaridor tomonidan ushbu Qoidalarning barcha shartlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashga rozilik berishni o‘z ichiga oladi;

2.6.2. Xaridor tomonidan 2.8-bandda ko‘rsatilgan tartibda Test Drive uchun namuna olinganligini tasdiqlash va ushbu Qoidalarning A ilovasida ko‘rsatilgan shaklda topshirish va qabul qilish dalolatnomasini imzolash.

Xaridor tomonidan Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan harakatlarning birortasini bajarmaganligi yoki Xaridor tomonidan Qoidalar shartlarini buzgan holda ularni bajarishi Xaridorning test-drayvdan voz kechishi hisoblanadi.

2.8. Sinov-drayv uchun Namunani Xaridorga topshirish faktini tasdiqlash uchun Sotuvchi Xaridorga tegishli kod, namunaning seriya raqami va ushbu Qoidalarga havola mavjud bo‘lgan uning telefon raqamiga SMS-xabar yuborishni boshlaydi. Xaridor Sotuvchiga SMS-xabardagi kod haqida xabar beradi va shu bilan sinov-drayveri uchun namuna taqdim etilganligini tasdiqlaydi, xaridordan namunani topshirish va qabul qilish Dalolatnomasini, shuningdek ushbu Qoidalarni qabul qilganligini tasdiqlaydi.

Agar biron-bir sababga ko‘ra SMS-xabar jo‘natish/qabul qilish imkoni bo‘lmasa, Tomonlar qog’ozda Namunani qabul qilish va topshirish Dalolatnomasini imzolaydilar va barcha kerakli ma’lumotlarni bunday dalolatnomaga yozib qo‘yadilar.

2.9. Xaridor Namunani topshirish va qabul qilish Dalolatnomada ko‘rsatilgan maksimal muddatdan kechiktirmay, lekin taklifning amal qilish muddatidan kechiktirmay qaytarish majburiyatini oladi. Namunani qaytarish namuna olingan ichki savdo Ob’ektiga qarab amalga oshiriladi:

2.9.1. Agar Namuna murabbiy orqali olingan bo‘lsa, Namuna Xaridor tomonidan Xaridor va Kouch o‘rtasida kelishilgan joyda qaytarilishi kerak;

2.9.2. Agar Namuna Sotuvchining ichki chakana savdo ob’ektida olingan bo‘lsa, Xaridor Namunani o‘sha sotuvchining mahalliy chakana savdo Ob’ektiga qaytarishi shart.

2.10. Xaridor tomonidan Sotuvchiga Namunani qaytarish shakli ushbu Qoidalarga B ilovasida keltirilgan Namunani qaytarish Dalolatnomani tasdiqlash va/yoki imzolash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Namunani qaytarish Dalolatnomasining tasdiqlanishi va/yoki imzolanishi Namunaning qaytarilganligini tasdiqlaydi. Namunaning qaytarilishini tasdiqlash uchun Sotuvchi Xaridorga tegishli kod, Namunaning seriya raqami va ushbu Qoidalarga havola mavjud bo‘lgan uning telefon raqamiga SMS-xabar yuborishni boshlaydi. Xaridor Sotuvchiga SMS-xabardagi kod haqida xabar beradi va shu bilan Namunaning qaytarilishini tasdiqlaydi, Xaridor tomonidan Namunani qaytarish Dalolatnomasini tasdiqlaydi.

Agar biron-bir sababga ko‘ra SMS-xabar jo‘natish/qabul qilish imkonsiz bo‘lsa, tomonlar qog’ozda topshirish va qabul qilish dalolatnomasini imzolaydilar.

2.11. Xaridor Namunani uchinchi shaxslarga, uchinchi shaxslarga shu jumladan 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga o‘tkazmasdan, sinov-drayv o‘tkazishning butun davri davomida shaxsan foydalanish majburiyatini oladi.

3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

3.1. Sotuvchi Xaridor yoki u ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan ta’qiqlarga qaramay u yoki bu sababdan namumani bergan uchinchi shaxs tomonidan Namunadan noto‘g’ri foydalanish natijasida Xaridorga va/yoki uchinchi shaxslarga etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Tomonlar sotuvchining ushbu Qoidalar bo‘yicha javobgarligi haqiqiy zarar bilan chegaralanishi va O‘R amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda isbotlanishi lozimligiga kelishib oldilar.

3.2. Tomonlar o'zaro majburuyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida paydo bo'lgan olinmagan foyda yoki yetkazilgan zarar uchun bir-birlari oldida qoplab berish shaklidagi javobgarlikdan ozod etiladilar.

3.3. Tomonlar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g’risida”gi O‘R Qonuni, O‘R Fuqarolik kodeksi, “Chakana savdo qoidalari” va O‘R boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun javobgardirlar.

3.4. Ushbu shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlarning irodasiga bog’liq bo‘lmagan holda vujudga kelgan urush yoki harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong’in va boshqa tabiiy ofatlar, davlat hokimiyatining hukkatlari va haralatlari, bojxona qoidalarining o‘zgarishi, faoliyat, import va (yoki) eksportdagi chegaralashlar o‘xshagan kechib o‘tib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlari uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. O‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan Tomon bu haqda boshqa Tomonni darhol xabardor etadi va bunga vakolatli bo‘lgan organ yoki tashkilot tomonidan berilgan bunday holatlar borligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi

3.5. Qabul qilingan Namunaning yo‘qolishi, shikastlanganligi yoki funksionalligi (to‘liq yoki qisman) yo‘qolgan taqdirda Xaridor Namunani topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangan va/yoki imzolangan paytdan boshlab javobgar bo‘ladi. Xaridor tanishtirish uchun Sotuvchi tomonidan Xaridorga topshirilgan namuna, shuningdek Xaridor ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan taqiqlarni buzgan holda Namunani topshirgan uchinchi shaxs tomonidan yoʻqolgan, nobud bo‘lgan yoki yoʻq qilingan taqdirda va natijada, Xaridor Sotuvchiga topshirilgan Namunani qaytarib bera olmasligi, shuningdek, agar Xaridor tanishish uchun taqdim etilgan Namunani topshirish-qabul qilish Dalolatnomasida belgilangan 14 (o‘n to‘rt) kalendar juni o‘tgandan so‘ng uni qaytarib bermasa, Sotuvchi O‘R qonunchiligida ruxsat etilgan, sotuvchining huquqlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, sud organlariga murojaat qilishga haqli.

4. YAKUNIY QOIDALAR

4.1. Sotuvchi va Xaridor o‘rtasidagi munosabatlarga O‘R qonun hujjatlari qoidalari qo‘llaniladi. Qoidalar Sotuvchi tomonidan bir tomonlama ravishda Xaridorni xabardor qilmasdan o‘zgartirilishi mumkin. Qoidalarning yangi tahriri tasdiqlangan va Xaridorning tanishishi uchun Sotuvchining ichki savdo ob’ektlarida, shuningdek, Internet-resursda mavjud bo‘lgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Eleltron tamaki qizdirish sinov-drayvini o‘tkazish Qoidalariga

A ilova
Namumani topshirish-qabul qilish dalolatnomasi
Shahar/ Aholi punkti Berish joyining nomi Sana (kk.oo.yyyy)

Ushbu dalolatnoma:

bir tomondan keying o‘rinlarda “Sotuvchi” deb ataladigan «Tashkent Tobacco Distribution» NChJ va

Familiyasi ismi-sharifi
STIR yoki JShShIR
Tug’ilgan sanasi
Тelefon

boshqa tarafdan keying o‘rinlarda “Xaridor” deb ataluvchi o‘rtasida shu haqda tuzildiki,

1. Sotuvchi berdi, Xaridor esa, Sotuvchining quyidagi mulkni oldi:

Elektron tamaki qizdirish tizimi to‘plami _____________ (keyibgi o‘rinlarda - «Namuna»), quyidagilardan iborat: __________________________________.

IQOS yoki Lil Solid 2.0 zaryadlash qurilmasining seriya raqami

IQOS ushlagichining seriya raqami (faqat IQOS uchun)

2. Xaridor IQOS ORIGINALS DUO elektron tamaki isitish tizimining namunasini sinovdan o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligini va roziligini tasdiqlaydi, Namunadan foydalanish bo‘yicha foydalanuvchi qo‘llanmasi (qo‘llanma) va xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qilishga majburdir va Sotuvchiga olingan namunani barcha anjomlari bilan (bir xil to‘liqlikda), berilgan holatda va shaklda, normal eskirishni hisobga olgan holda Xaridorga berilgan. Sotuvchi Xaridor tomonidan olingan namunaning yoki uning qismlarining buzilganligi/ ishlamay qolganligi (namunani xavfsiz ishlatish mumkin bo‘lmagan) yoki yo‘qolganligi to‘g’risida darhol uni telefon orqali xabardor qilishga majburdir.

Ushbu dalolatnoma 2 (ikki) nusxada, har bir tomonga bittadan qilib tuzildi.
TOMONLARNING IMZOLARI:
«Tashkent Tobacco Distribution» MChJ Xaridor
F.I.Sh.____________________________
imso_________________________ F.I.Sh.____________________________
imzo_________________________

Eleltron tamaki qizdirish sinov-drayvini o‘tkazish Qoidalariga
B ilova

Namumani qaytarish dalolatnomasi

Xaridor qaytardi, Sotuvchi esa, o‘zining quyidagi mulkini qabul qilib oldi:

Elektron tamaki qizdirish tizimi to‘plami _____________ (keyibgi o‘rinlarda - «Namuna»), quyidagilardan iborat: __________________________________.

IQOS yoki Lil Solid 2.0 zaryadlash qurilmasining seriya raqami

IQOS ushlagichining seriya raqami (faqat IQOS uchun)

Ushbu dalolatnoma 2 (ikki) nusxada, har bir tomonga bittadan qilib tuzildi.
TOMONLARNING IMZOLARI:
«Tashkent Tobacco Distribution» MChJ Xaridor
F.I.Sh.____________________________
imso_________________________ F.I.Sh.____________________________
imzo_________________________

MEN TANISHDIM

Country

It looks like you are in United States
This website is intended for Uzbekistan